Published October 26, 2024 | Version v1
Journal article Open

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA GREK SHAMBALASI (Trigonella foenum-graecum L.) YETISHTIRISH UCHUN QULAY IMKONIYATLAR

  • 1. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, stajyor-tadqiqotchisi,
  • 2. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, O'rmonchilik, dorivor o'simliklar va manzarali bog'dorchilik kafedrasi dotsenti, q.x.f.f.d.(PhD)

Description

Ushbu sharhda Grek shambalasini (Trigonella foenum-graecum L.) ning Surxondaryo viloyati sharoitida o‘sishi rivojlanishi va dorivorlik xususiyatlari haqida boy imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ya’ni bir yillik dukkakli yеm-xashak hamda eng qadimgi qoʻllaniladigan dorivor oʻt va anʼanaviy ziravor oʻsimlikdir. O‘zbekistonning qurg‘oqchil yoki yarim qurg‘oqchil agroiqlimli hududlarda uzoq va qisqa muddatli almashlab ekish uchun ajoyib tur hisoblanadi.

Grek shambalasining oʻsishi, rivojlanishi, hosildorligi va dorivorligi bo‘yicha dastlabki kuzatish va tahlil qilish keltirilgan. Urug‘larining fizik xossalari va tanlangan kultivatsiya tadbirlarining (urug‘larni ekish, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish) urug‘larning bir jinsli guruhlarga bo‘linishiga ta’siri o‘rtasidagi munosabatlar muhokama qilinadi. Bu yillik yem-xashak dukkakli turlari samarali biologik vosita hisoblanadi. Fenugreek ekstrakti va uning bioaktiv birikmalari hayvonlar va odamlarni oʻrganishda mukammal diabetga va semizlikga qarshi faollikni koʻrsatishi berilgan. Eng muhimi, fenugreek ham muhim fitokimyoviy moddalar mavjudligi sababli an’anaviy dorivor o‘t hisoblanadi.Bundan tashqari ildiz tugunlarida joylashgan mikrob florasi orqali atmosfera azotini fiksatsiya qilish. Oʻzbekistonda Grek shambalasining hosildorligi va dorivorligi boʻyicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar yеtarli emasligi hisobga olingan.

 

Files

104-118 Normaxmatov S.pdf

Files (537.8 kB)

Name Size Download all
md5:5cff2a48ed5a2f20a14d9ab9bf138211
537.8 kB Preview Download