MAHALLIY KUNGABOQAR (Helianthus annuus L.) NAMUNALARINING QIMMATLI XO‘JALIK BELGILARIN KOMPLEKS BAHOLASH
Keywords:
Kungaboqar mahalliy namunalari, fenologiya, morfologik belgilar, erta pisharlikAbstract
Mazkur tadqiqotda mahalliy kungaboqarning (Helianthus annuus L.) 19 ta namunasi va 1 ta andoza navning vegetatsiya davri, bir o‘simlik mahsuldorligi hamda urug‘ tarkibidagi moy va oqsil miqdori bo‘yicha baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, vegetatsiya davri 100–138 kun oralig‘ida o‘zgarib, andozaga nisbatan erta pishar namuna aniqlanmadi. Bir o‘simlik mahsuldorligi 37–48 g diapazonda shakllanib, eng yuqori ko‘rsatkich K-92-A va K-2A namunasida qayd etildi. Urug‘ tarkibidagi moy miqdori 37,7–47,4% oralig‘ida bo‘lib, andozadan yuqori ko‘rsatgichga ega namunalar aniqlanmadi. Oqsil miqdori 16,8–22,3% diapazonda o‘zgarib, konditer tipidagi namunalarda nisbatan yuqori qiymatlar qayd etildi. Olingan natijalar mavjud kungaboqar kolleksiya genofondi genetik xilma-xil mahalliy kungaboqar namunalari bilan boyishi va ularni seleksiya jarayonida istiqbolli boshlang‘ich material sifatida foydalanish mumkin
Downloads
References
1. Amanova, M. va Rustamov, A. (2010). Moyli ekinlar jahon kollektsiyasini o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanma. Toshkent.
2. Amanova, M.E., Rustamov, A.S. va Allanazarova, L.R. (2018). Kungaboqar ekinining urug‘chiligini tashkil etish bo‘yicha tavsiyanoma. Toshkent.
3. Beata, B. va Adrian, N. (n.d.). Barqaror qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida kungaboqarning ahamiyati. https://www.cabidigitallibrary.org/
4. FAS (n.d.). Sunflower production and trade statistics. https://www.fas.usda.gov/
5. Romesh, K.S. va Bhagirath, S.Ch. (n.d.). Genetic diversity, conservation, and utilization of plant genetic resources. https://www.mdpi.com/
6. Ivanov, A. (2018). Sunflower breeding and oil content optimization. Journal of Plant Genetics, 12(3), 45–56.
7. Petrov, V., Sidorov, M., & Karpov, D. (2020). Genetic diversity of Helianthus annuus L. collections. Plant Science Today, 7(2), 112–121.
8. Smirnova, E. (2019). Variability in sunflower accessions: growth and yield traits. Russian Agricultural Journal, 14(1), 34–42.
9. Kuznetsov, P. (2021). Seed quality parameters and breeding potential of sunflower. Crop Improvement Review, 9(4), 67–75.
10. Makarov, I., Belov, A., & Nikolaev, S. (2017). Correlation of yield and oil content in sunflower genotypes. Plant Breeding Letters, 15(2), 23–30.




















