SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA TUKLI ERVA (AERVA LANATA (L.) JUSS.) NING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA URUGʻIDAN KOʻPAYTIRISH SAMARADORLIGI
Keywords:
Aerva lanataAbstract
Maqolada Surxondaryo viloyatining quruq, keskin kontinental iqlimi sharoitida introduksiya qilingan tukli erva (Aerva lanata (L.) Juss.) ning fenologiyasi, sutkalik gullash dinamikasi, urugʻ unuvchanligi, maysa biologiyasi va introduksion bahosi boʻyicha 2025–2026-yillarda olingan natijalar keltirilgan. Gullash davri 60 kun davom etib, gullarning ochilishi soat 14:00 da (havo harorati 38 °C) eng yuqori darajaga yetdi. Urugʻlarning laboratoriya unuvchanligi 75–80 % ni, dala sharoitidagi unib chiqishi esa ekish muddatiga qarab 68–85 % ni tashkil etdi; eng yaxshi natija mart oyining uchinchi oʻn kunligida ekishda olindi. 100 balli shkala boʻyicha tur 75 ball toʻplab, «istiqbolli» guruhiga kiritildi.
Downloads
References
1. Surxondaryo viloyati sharoitida A. lanata urugʻdan oʻstirilganda ikkinchi yilda gullaydi; gullash 29-iyundan 28-avgustgacha, 60 kun davom etadi.
2. Gullar soat 8:00 dan 20:00 gacha ochiladi, eng yuqori ochilish soat 14:00 da (38 °C) kuzatiladi; bir tupda sutkasiga oʻrtacha 84,7 ta gul ochiladi.
3. Urugʻlarning laboratoriya unuvchanligi 75–80 %, dala sharoitida 68–85 % ni tashkil etadi. Eng samarali muddat – mart oyining uchinchi oʻn kunligi (85 %); tavsiya etiladigan sxema: qator oralari 60–70 sm, ekish chuqurligi 2–3 sm, urugʻ sarfi 1,5–1,7 kg/ga.
4. Tur 100 balli shkala boʻyicha 75 ball toʻplab, istiqbolli introdusent sifatida baholandi va uni viloyatning sugʻoriladigan boʻz tuproqlarida dorivor xomashyo plantatsiyalarini tashkil etish uchun tavsiya etish mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi «Dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-251-son qarori // www.lex.uz.
2. Ахмедов Ў., Эргашев А., Аблазов А., Юлчиева М. Доривор ўсимликлар етиштириш технологияси ва экологияси. – Тошкент, 2009.
3. Kirtikar K.R., Basu B.D. Indian Medicinal Plants. 2nd ed. – Allahabad: International Book Distributors, 1987. – P. 2051.
4. Thiv M., Thulin M., Kilian N., Linder H.P. Eritreo-Arabian affinities of the Socotran flora as revealed from the molecular phylogeny of Aerva (Amaranthaceae) // Systematic Botany. – 2006. – Vol. 31. – P. 560–570.
5. Mallabaev A., Rakhimov D.A., Murdakhaev Yu.M. Carbohydrates of Aerva lanata // Chemistry of Natural Compounds. – 1989. – Vol. 25, No. 3. – P. 369–370.
6. Appia Krishnan G., Rai V.K., Nandy B.C., Meena K.C., Dey S. et al. Hypoglycemic and antihyperlipidaemic effect of ethanolic extract of aerial parts of Aerva lanata Linn. in normal and alloxan induced diabetic rats // International Journal of Pharmaceutical Sciences and Drug Research. – 2009. – Vol. 1. – P. 191–194.
7. Tewari D., Mocan A., Parvanov E.D. et al. Ethnopharmacological approaches for therapy of jaundice: Part I // Frontiers in Pharmacology. – 2017. – Vol. 8. – Art. 518. doi:10.3389/fphar.2017.00518.
8. Toʻxtayev B.Yo. Oʻzbekistonning shoʻr yerlarida dorivor oʻsimliklarning introduksiyasi: dissertatsiya. – Toshkent, 2009.
9. Mamykova R.U., Ibragimov T.S., Pernebekova R.K. Study of the ontogenesis of Aerva lanata (L.) Juss. // Life Science Journal. – 2014. – Vol. 11 (2s). – P. 128–131.
10. Surkhandarya climate data // ru.climate-data.org (murojaat sanasi: 2023).
11. Работнов Т.А. Жизненный цикл многолетних травянистых растений в луговых ценозах // Труды БИН АН СССР. Сер. 3. Геоботаника. – 1950. – Вып. 6. – С. 7–204.
12. Серебряков И.Г. Морфология вегетативных органов высших растений. – М.: Советская наука, 1952. – 391 с.
13. Livingstone D.A., Tomlinson M., Friedman G., Broome R. Stellate pore ornamentation in pollen grains of the Amaranthaceae // Pollen et Spores. – 1973. – Vol. 15. – P. 345–351.
14. Khan A.H., Ali S.I., Faruqi S.A. Breeding system and population structure in the Aerva javanica complex // Phyton. – 1970. – Vol. 14. – P. 135–145.




















