O‘RTA TOLALI “OQDARYo-8” G‘O‘ZA NAVINING O‘SIB RIVOJLANIShIGA SUV, O‘G‘IT (NPK) ME’YoR VA NISBATINING XOSILGA TA’SIRI.
Keywords:
TuproqAbstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand filialida yaratilgan g‘o‘zaning yangi, istiqbolli, tezpishar “Oqdaryo-8” navi ko‘chat qalinligi, suv, o‘g‘it (NPK) me’yor-nisbati va sug‘orish tartiblarini o‘rganish maqsadida labaratoriya, dala tajribalari O‘zPITI ning markaziy tajriba uchastkasi dalalarida o‘tkazildi. Yurtimiz mustaqillikka erishgandan keyin g‘o‘za ekiladigan maydonlar ma’lum darajada qisqartirilib, g‘alla-don va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari maydonlari kengaydi. Respublikamizda g‘o‘zaning tezpishar, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarini yaratish va rayonlashtirilgan, istiqbolli va yangi g‘o‘za navlarini har bir mintaqadagi viloyatlar, tumanlar, fermer xo‘jaliklari misolida ekish muddatlari, urug‘ sarfi, ko‘chat qalinligi, suv, o‘g‘it (NPK) me’yori–nisbati va sug‘orish tartiblarini puxta uslubiy qo‘llanmalarga qat’iy rioya qilingan holda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etilishi soha mutaxassislari oldida turgan muhim, dolzarb vazifalardan biridir.
Downloads
References
• Avliyoqulov A.E. Yangi-istiqbolli o‘rta-ingichka tolali g‘o‘za navlari parvarishi bo‘yicha tavsiyanoma. – T., - 2013. 1-45 b.
• Avliyoqulov A.E. Mamlakatimizning Shimoliy, Markaziy, Janubiy mintaqalari iqlimi, tuprog‘i, meliorativ, gidrogeologik sharoitlarida g‘o‘za navlari parvarishini ilmiy asoslash va amaliyotga joriy etish. //Risola. –T., -2013. 1-33 b.
• Avliyoqulov A.E. Mamlakatimiz sug‘oriladigan yerlarida yangi tizimdagi meliorativ mintaqa va gidromodul hududlar bo‘yicha asosiy takroriy g‘alladan so‘ng ang‘izga ekilgan ziroatlarning suv iste’moli va sug‘orish tartiblarini ilmiy asoslash. // Risola. – T., - 2013. 1-29 b.
• Xoliqov B.M. Tuproq unumdorligi, uni saqlash va oshirishni ta’minlovchi zamonaviy qisqa navbatli almashlab ekish, g‘o‘za va izdosh ekinlardan mo‘l hosil yetishtirishning manba tejovchi texnologiyalarini amaliyotga joriy etish. // “G‘o‘za va g‘o‘za majmuidagi ekinlarni parvarishlash agrotexnologiyalarini takomillashtirish”mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani ma’ruzalari maqolalar to‘plami. – T., - 2013., 3-7 b.




















