TAKRORIY EKIN SIFATIDA YETISHTIRILGAN MAKKAJO‘XORI NAVLARINING OZIQLANISHIDA ORGANIK O‘G‘ITLARNING AHAMIYATI
Keywords:
makkajo‘xori, takroriy ekin, biogumus, chirigan go‘ng, organik o‘g‘itAbstract
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida takroriy ekilgan “Qumqishloq” va “Termo” makkajo‘xori navlarini yetishtirishda organik o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqotda chirigan go‘ng va biogumusning turli me’yorlari qo‘llanilib, ularning makkajo‘xori o‘simliklarining o‘sishi, rivojlanishi va hosil shakllanish jarayonlariga ta’siri baholangan. Organik o‘g‘itlardan foydalanish o‘simliklarning oziqlanish sharoitini yaxshilashi, vegetativ organlar va barg apparatining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Biogumus va chirigan go‘ngning maqbul me’yorlaridan foydalanish takroriy ekin sharoitida makkajo‘xorining agrobiologik rivojlanishini yaxshilashga xizmat qilishi qayd etildi. Tadqiqot natijalari mahalliy organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish orqali takroriy makkajo‘xori yetishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.
Downloads
References
1. Mustaqil yurt g‘allasi. — Toshkent: O‘zbekiston, 2003. — 59 b.
2. Yoqubjanov O., Tursunov S., Muqimov Z. Donchilik. — Toshkent, 2009. — 143 b.
3. ДДЭИТИ. Jo‘xori navlarini yetishtirish agrotexnikasi: uslubiy qo‘llanma. — Toshkent.
4. Massino A.I., Qodirxonov S. O‘zbekiston sharoitida makkajo‘xorining takroriy ekin sifatida ekilishi. // Sug‘oriladigan yerlarda qishloq xo‘jalik ekinlarining seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish texnologiyasining muammolari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. — Samarqand, 2006. — 43 b.
5. Dospexov B.A. Dala tajribasi metodikasi. — Moskva: Agropromizdat, 1985.
6. Atabayeva X.N., Xudayqulov J.B. O‘simlikshunoslik. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.




















