LINTER MASHINASIDA CHIGITLI VALIKNI ZICHLIGINI QAYD ETUVCHI QURILMA YUZASIDAGI HARAKATINI NAZARIY TADQIQI

Authors

  • Xamidulla Axmedov M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti t.f.d.DSc. Author
  • Lochinbek Dalibekov Farg‘ona davlat texnika universiteti katta o’qituvchi Author
  • Orifjon Mallayev Termiz davlat muxandislik va agrotexnologiyalar universiteti t.f.f.d.PhD.dots Author
  • Olim Abdurahmonov Termiz davlat muxandislik va agrotexnologiyalar universiteti t.f.f.d.PhD.dots Author

Keywords:

paxta chigiti, linter mashinasi, chigitli valik, zichlik qayd etuvchi qurilma, aylanuvchi baraban

Abstract

Ushbu maqolada paxtani birlamchi qayta ishlash zanjirining muhim bosqichlaridan biri bo‘lgan linter mashinasi ishchi kamerasida joylashgan chigitli valik zichligini qayd etuvchi qurilma yuzasida paxta chigitining harakatlanish qonuniyatlari nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Aylanuvchi baraban ichida harakatlanayotgan chigit zarrachasiga ta’sir etuvchi markazdan qochma kuch, og‘irlik kuchi tashkil etuvchilari, devor tomonidan yuzaga keluvchi normal reaksiya va ishqalanish kuchlari inobatga olingan holda zarracha harakatining differensial tenglamalari tuzildi. Tenglamalar turli boshlang‘ich fazaviy burchaklar (φ = 25°, 35°, 45° va 60°) uchun sonli yechildi va natijada chigitning radial tebranishi, chiziqli tezligi hamda markazdan qochma kuchining vaqt bo‘yicha o‘zgarish xarakteristikalari olindi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich burchak kattalashgani sari radial tebranish amplitudasi, tezlik va markazdan qochma kuchning maksimal qiymatlari ortib boradi, bu esa qurilma sirtidagi yuklanish xarakterini bevosita belgilaydi. Olingan natijalar zichlik qayd etuvchi qurilmaning konstruktiv-texnologik parametrlarini ilmiy asoslash, uni baraban ichida oqilona joylashtirish hamda linter mashinasining ish unumdorligi va o‘lchash aniqligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilishi mumkin.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Ergashev J. va boshq. Studying the Law of the Movement of Cotton Particle on a Saw Cylinder and the Interaction with Saw Teeth // ResearchGate, 2019.

2. Analytical studies of the cotton seed linting process // E3S Web of Conferences, IPFA-2023, maqola №01034, 2023.

3. Yunusov S.Z. va boshq. Influence of angular speed of tedder on kinematic parameters of linter machine drive // Extrica, maqola №25405, 2025.

4. Paxta chigiti oqimining turli qiya tekisligidagi harakati va zichligini taqsimlash qonuniyatlari // O‘zbekiston to‘qimachilik jurnali.

5. Linter mashinasida chigitdan momiqni ajratib olishni takomillashtirish // NamDTI ilmiy jurnali, 2024, №3.

Downloads

Published

2026-07-08

How to Cite

LINTER MASHINASIDA CHIGITLI VALIKNI ZICHLIGINI QAYD ETUVCHI QURILMA YUZASIDAGI HARAKATINI NAZARIY TADQIQI. (2026). SCIENCE AND TECHNOLOGIES, 1(2), 5-10. https://agroinnovatsiya.uz/index.php/fantex/article/view/322