About the Journal
05.00.00 - TEXNIKA FANLARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmonida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “TERMIZ DAVLAT MUHANDISLIK VA AGROTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI” tomonidan ta’sis etilgan “FAN VA TEXNOLOGIYALAR” (ISSN XXXX-XXXX) ilmiy jurnali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2024-yil 22-aprelda 260056-son guvohnoma bilan ro‘yxatga olingan. Jurnalning https://agroinnovatsiya.uz/index.php/fantex veb-saytida 05.00.00 - Texnika fanlari yo‘nalishi bo‘yicha 1-tom, 3-soni uchun maqolalar qabuli e’lon qilinadi.
Nomlanishi: “FAN VA TEXNOLOGIYALAR”
Muassis: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Nashr boshlanish yili: 2026 yil
Davomiyligi: 3 oyda 1 marta (1 yilda 4 ta son)
Ixtisosligi (sohalar):
- 05.01.00 - Axborot texnologiyalari, boshqaruv va kompyuter grafikasi.
- 05.02.00 - Mashinasozlik va mashinashunoslik. Mashinasozlikda materiallarga ishlov berish. Metallurgiya. Aviatsiya texnikasi.
- 05.03.00 - Asbobsozlik, metrologiya hamda axborot-o‘lchov asboblari va tizimlari.
- 05.04.00 - Radiotexnika va aloqa.
- 05.05.00 - Energetika va elektrotexnika. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini elektrlashtirish texnologiyasi. Elektronika.
- 05.06.00 - To‘qimachilik va yengil sanoat materiallari hamda buyumlari texnologiyasi.
- 05.07.00 - Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash texnologiyasi.
- 05.08.00 - Transport.
- 05.09.00 - Qurilish.
- 05.10.00 - Inson faoliyati xavfsizligi.
Bosh muharrir: M. Urozov - Texnika fanlari doktori, professor
Tahririyat kengashi raisi: R.N.To‘rayev - Fizika matematika fanlari nomzodi, professor
Ma’sul kotib: N.Urakov - Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Current Issue
“Fan va texnologiyalar” ilmiy jurnalining mazkur sonida 05.00.00 — Texnika fanlari yo‘nalishiga oid zamonaviy ilmiy tadqiqotlar jamlangan. Unda muhandislik, texnologik jarayonlar va apparatlar, energetika, transport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qurilish, materialshunoslik, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish kabi dolzarb sohalar bo‘yicha maqolalar e’lon qilingan. Nashrda texnik muammolarning ilmiy yechimlari, innovatsion ishlanmalar, tajriba natijalari hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflar yoritiladi. Maqolalar IMRAD talablari asosida tayyorlanib, tahrir hay’ati tomonidan ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.